Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida hokim yordamchisi 33 kishiga 1 mlrd 88 mln so‘m imtiyozli kredit ajratishga erishib, ularni o‘zlashtirgan. Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida ham hokim yordamchisi 26 kishiga chiqarilgan 821 mln so‘m kreditni talon-toroj qildi. Ularga jinoyat ishi ochildi.
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish uchun 2025-yil 1-yanvardan boshlab Raqamli texnologiyalar vazirligiga 5 yil muddatga 50 million AQSh dollari miqdorida foizsiz kredit ajratilishini ta’minlaydi.
Prezident davlat jalb qilgan mablag‘larni yirik davlat korxonalariga berish amaliyotidan bosqichma-bosqich voz kechishni ma’lum qildi. Hozirda davlat banklari tomonidan berilgan kreditlarning 92 trln so‘mi yoki 30 foizi 10 ta yirik davlat korxonalariga to‘g‘ri kelmoqda.
2023-yilning o‘tgan davrida magistraturada o‘qiydigan 14,1 ming nafar xotin-qizning to‘lov-shartnomasi uchun 85,1 mlrd so‘m to‘lab berildi. 36 mingdan ziyod talaba xotin-qizga 335,5 mlrd so‘m foizsiz ta’lim krediti ajratildi.
O‘zbekistonda xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar uchun iste’mol krediti ajratish rejalashtirilmoqda. Deputat Doniyor G‘aniyevning qayd etishida, odamlar chel el elektromobillari yoki maishiy texnikalarini sotib olish uchun iste’mol krediti olisholmagani sabab, ularni faqatgina muddatli to‘lovga olishmoqda.
Surxondaryoda tadbirkorga 500 mln so‘m miqdorida kredit ajratib berish evaziga 10 mln so‘m olmoqchi bo‘lgan «Ipoteka-bank» sho‘’ba mudiri ushlandi.
MB raisi Mamarizo Nurmuratov o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarning o‘rtacha daromadini statistika yordamida aniqlash mezoni ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shu orqali norasmiy daromad topayotgan shaxslarga kredit ajratish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsad qilingan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting